«Sanderlend» Yevropa ligasi umumiy bosqichining 1-turida o‘z maydonida AZni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Angliya klubi shu tariqa 52 yilu 313 kunlik tanaffusdan so‘ng ilk bor asosiy yevrokubok musobaqasida maydonga tushdi.
Yevrokuboklardagi uchrashuvlar orasida bundan uzoqroq tanaffusga faqat ikki klub duch kelgan:
59 yilu 353 kun — «Gou Exed Iglz»;
57 yilu 336 kun — «Yunion»;
52 yilu 313 kun — «Sanderlend».
«Sanderlend» bundan avval yevrokuboklarda 1973 yil 7 noyabr kuni maydonga tushgan edi. O‘shanda jamoa Kubok egalari kubogi 2-bosqichining javob uchrashuvida «Sporting»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Klubning yevrokuboklardagi so‘nggi g‘alabasi esa 1973 yil 24 oktyabrga to‘g‘ri keladi. O‘sha kuni «Sanderlend» o‘z maydonida «Sporting»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.













