«PSJ» akademiyasining sobiq tarbiyalanuvchisi Mussa Diabi Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun o‘z favoritini aytdi.
Futbolchi 2025 va 2026 yillarda ketma-ket Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan «PSJ» bu muvaffaqiyatni yana takrorlashini istashini bildirdi.
«Chin dildan umid qilamanki, bu yana «Pari Sen-Jermen» bo‘ladi. Uchinchi marta ketma-ketmi? Ha, aynan shuni xohlayman», — dedi Diabi beIN Sports nashriga bergan intervyusida.
«Men «Bayer» bilan Chempionlar ligasida ishtirok etmayotganim uchun, bemalol «Pari Sen-Jermen»ni tanlashim mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.
Diabi 2014 yildan 2019 yilgacha «PSJ» tizimida faoliyat olib borgan.













