«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Gari Nevill «qizil iblislar»ning joriy mavsumdagi yomon sport formasi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. Kecha, 16 sentyabr kuni «MYU» Liga Kubogining 1/16 final bosqichida «Brayton»ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida oldinda boraturib, yakunda 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
«Ular o‘tgan mavsumdagi jamoaga umuman o‘xshamayapti. Maykl Kerrik hozirda esankirab qolgandek ko‘rinmoqda. Katta ehtimol bilan, bu «Manchester Yunayted» uchun sovrinsiz o‘tadigan navbatdagi mavsum bo‘ladi. Agar men klub egasi bo‘lganimda, allaqachon murabbiylar bozorini ko‘zdan kechirishni boshlagan bo‘lardim», — dedi Nevill.
Hozirda «Manchester Yunayted» 4 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. «Qizil iblislar» Angliya chempionatidagi 4 ta o‘yinning faqat bittasida g‘alaba qozonishgan.













