Madridda navbatdagi katta derbiga tayyorgarlik ketmoqda. Kelayotgan yakshanba kuni "Atletiko" o‘z maydonida shahardoshi "Real"ni qabul qiladi.
So‘nggi yillarda ikki klub o‘rtasidagi raqobat yanada keskinlashib bormoqda. "Real" futbolchilari esa Mahou Cinco Estrellas uchun tayyorlangan reklama kampaniyasida Madrid derbisini "dunyodagi eng yaxshi o‘yin" deb atadi.
Tibo Kurtua, Orelyen Chuameni va Din Xyoysen ushbu fikrlarni argentinalik mashhur kontent-meyker va "Independyente" muxlisi Xero Freyxas bilan birga bildirishdi.
"Beshdan besh natija faqat Madrid derbisida bo‘ladi", — dedi "Real" futbolchilari reklama kampaniyasi davomida.
Shu tariqa, madridliklar bu uchrashuvning klub va shahar futboli uchun alohida ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidladi.













