«Milan»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Kristian Brokki Luka Modrichning jamoadagi qiyinchiliklari haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, xorvatiyalik yarim himoyachi Ruben Amorim tizimiga to‘liq moslasha olmayapti.
«Amorimning talablari Modrich oldiga oson bo‘lmagan vazifalarni qo‘yadi. Chunki o‘tgan mavsum u uch nafar yarim himoyachili sxemada juda yaxshi o‘ynagandi. U Rabyo yoki Fofana kabi futbolchilar bilan yonma-yon harakat qilardi va ular himoyada boshqacha sug‘urta hamda qo‘llab-quvvatlashni ta’minlardi», — deya Brokkining so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich 2025 yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda.













