«Barselona» bir muddat asosiy darvozaboni Joan Garsiyasiz qoldi.
Ispaniyalik posbon La Liganing «Rasing»ga qarshi o‘tgan uchrashuvida jarohat oldi. «Barselona» 7:2 hisobida g‘alaba qozongan bahsda Garsiya tanaffusda Voysex Shesniga almashtirildi. Polyak darvozaboni esa qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, uning asosiy tarkibda o‘ynashi borasida savollar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Jurnalist Alfredo Martinesning xabar berishicha, Garsiyaning jarohati jiddiy emas, ammo u «Sevilya»ga qarshi navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Manbaga ko‘ra, Shesni o‘zi bosh murabbiy Xans-Diter Flikka murojaat qilib, asosiy tarkibda uning o‘rniga jamoa yangi a’zosi Dominik Livakovichni maydonga tushirishni so‘rashi mumkin.
36 yoshli darvozabon hozir eng yaxshi formada emasligini tushunib turibdi va shu sabab xorvatiyalik posbonga imkoniyat berishga tayyor bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
Shu bilan birga, Flik «Rasing»ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Shesni qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yganiga qaramay, jamoaning ikkinchi raqamli darvozaboni bo‘lib qolishini ta’kidlagan edi.













