Milanning "Inter" klubi yulduz darvozabon Janluiji Donnarummani Italiyaga qaytarishni rejalashtirgan. Bu haqda Tribuna.com xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "neradzurri" rahbariyati Donnarumma "PSJ" bilan shartnomasi muddati tugashini kutgan taqdirda unga hamkorlik taklif qilmoqchi bo‘lgan. Futbolchining fransuz klubi bilan kelishuvi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan edi.
"Inter" Donnarummani erkin agent sifatida qo‘lga kiritishga tayyor bo‘lgan va unga yillik 7 million yevro maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirgandi.
Biroq milanliklarning rejasini "Manchester Siti" buzgan. Angliya klubi o‘tgan yili Donnarummani "PSJ"dan 40 million yevroga sotib olgan.













