"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Usmon Dembele klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.
29 yoshli fransuzning amaldagi kelishuvi 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan, ammo Parij klubi rahbariyati yaqin vaqt ichida u bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Topskills Sports UK ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar kelishuvga juda yaqin. Yangi shartnoma 2030 yil yoziga qadar amal qilishi kutilmoqda.
Usmon Dembele 2023 yil avgust oyida "Barselona"dan "PSJ"ga ko‘chib o‘tgan. 2025 yilda u "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan.
Fransiyalik hujumchi "PSJ" safida jami 141 ta uchrashuv o‘tkazib, 63 ta gol urgan va 46 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













