"Pari Sen-Jermen" Dezire Due bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi vingerga 2031 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qildi. Yangi shartnomada futbolchining maoshini sezilarli darajada oshirish ham ko‘zda tutilgan.
21 yoshli futbolchining o‘zi ham kelajagini PSJ bilan bog‘lashga tayyor.
Dezire Due 2024 yilda "Renn"dan 50 million yevro evaziga "PSJ" safiga qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali fransuz futbolchisining bozor qiymatini 120 million yevroga baholamoqda.
Yakshanba kuni Luis Enrike boshchiligidagi "PSJ" Liga 1 doirasida safarda "Marsel"ga qarshi maydonga tushadi.













