«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn 2026 yilgi jahon chempionatida Argentinaga qarshi kechgan yarim final bahsini esladi va Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
«Bu og‘ir lahza edi. Ammo men Messiga juda katta hurmat bilan qarayman. U aql bovar qilmas darajada kuchli futbolchi va uni yaqindan taniydigan insonlarning aytishicha, ajoyib inson ham.
Men u bilan bor-yo‘g‘i bir necha marta muloqot qilganman va u menda juda kamtar inson sifatida taassurot qoldirdi. U har doim jamoani o‘zidan ustun qo‘ygan. Menimcha, bu Argentina muvaffaqiyatining sabablaridan biri», — deya Keynning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Angliya va Argentina terma jamoalari 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida o‘zaro to‘qnashgan edi. Uchrashuvda argentinaliklar 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishgan.













