«Atletiko» darvozaboni Yan Oblak jamoa Xulian Alvares bilan bog‘liq vaziyatni qanday qabul qilgani haqida gapirdi.
«Biz, futbolchilar va sardorlar, bu vaziyatni allaqachon ortda qolgan bosqich sifatida qabul qildik. U biz bilan va biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz.
U bor kuchini beryapti. Bir nechta o‘yinda maydonga tushdi va ularda o‘zini to‘liq bag‘ishladi. Ishonchim komilki, u shu yerda ekan, jamoa va klub uchun bor kuchini berishda davom etadi», — dedi Oblak.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida Alvares «Atletiko»ni tark etib, «Barselona»ga o‘tishni istagan edi. Argentinalik futbolchi hatto Madrid klubidan ketish istagini omma oldida bildirgan, ammo «Atletiko» rahbariyati uni qo‘yib yubormagan.
Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalar doirasida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













