«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik 15 yoshli iqtidorli futbolchi Jey Jey Gabriel bilan bog‘liq vaziyatda klub ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi kerakligini ta’kidladi.
«Kichik Messi» laqabi bilan tanilgan Gabriel shu hafta «Manchester Yunayted»dagi ro‘yxatdan chiqarilishini va erkin agent maqomini olishni so‘ragan.
Yosh futbolchiga «Barselona», «Real», «Arsenal» va «Chelsi» qiziqish bildirmoqda.
«U hali juda yosh. Bu masalada ortiqcha ma’lumot tarqatmasligimiz muhim. Unga nisbatan e’tibor va bosim juda katta bo‘lishi mumkin, shuning uchun ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak.
Biz vaziyatga oqilona yondashib, birinchi navbatda uning manfaatini o‘ylashimiz lozim. Bu masala o‘z yechimini topadi», — dedi Karrik.
Gabriel 17 yoshga to‘lmaguncha professional shartnoma imzolay olmaydi.
O‘tgan mavsumda u «Manchester Yunayted»ning U18 jamoasi safida 23 ta uchrashuvda 23 ta gol urdi va U18 Premyer-ligasining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.













