«Barselona» vingeri Lamin Yamal «Real» hujumchisi Kilian Mbappe bilan raqobati haqida fikr bildirdi.
"Men sovrinlar bo‘yicha Kilian Mbappeni ortda qoldirdim. Xo‘sh, unda dunyodagi eng yaxshi futbolchi kim? Menimcha, bu — o‘yinini tomosha qilib, chin dildan zavqlanadigan futbolchi.
Balki ikkalamizni ham dunyodagi eng yaxshi futbolchilar deb hisoblash mumkin. Ammo bu yil «Oltin to‘p»ga o‘zimni munosib deb bilaman", — dedi Yamal.













