Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasining yangi formati haqida tanqidiy fikr bildirdi.
Avvalroq UYEFA musobaqa tizimiga o‘zgartish kiritgani va to‘rtta divizion o‘rniga uchta qolishi, joriy mavsum esa o‘tish bosqichi bo‘lishi ma’lum qilingan edi.
"Bu format menga yoqmaydi. Avvalgisini afzal ko‘rardim. Oldimizda juda katta yuklama bilan o‘tadigan to‘rtta o‘yin bor.
Ayrim holatlarda uzoq safarlar va ko‘p vaqt talab qiladigan yo‘llar ham bo‘ladi. Avvalgi formatda dam olish uchun ko‘proq vaqt bor edi va futbolchilarning sog‘lig‘iga ham ko‘proq e’tibor qaratilardi", — deya de la Fuentening so‘zlarini AS keltirdi.
Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasidagi ishtirokini 26 sentyabr kuni Angliyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.













