"Lasio" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo argentinalik hujumchi Mauro Ikardining Rim klubiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
Gattuzo 33 yoshli forvardning yuqori darajadagi futbolchi ekanini tan oldi, ammo jamoada bu pozisiyada bir nechta futbolchi borligini ta’kidladi.
Uning fikricha, Ikardini tarkibga qo‘shib olish keyinchalik jamoa qaydnomasini shakllantirishda qo‘shimcha muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
"Keyinchalik ularni tarkibdan tashqarida qoldirishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, yangi futbolchilarni olishdan ma’no yo‘q", — dedi Gattuzo.
Ayni paytda Ikardi erkin agent maqomida. Avvalroq unga Angliyaning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.













