Italiyaning «Milan» klubi Joze Mourinyu boshchiligidagi «Real»da yana o‘z o‘rnini topa olmayotgan braziliyalik hujumchi Endrikka qiziqish bildirmoqda.
Pianeta Milan ma’lumotiga ko‘ra, Endrikning vaziyatini kuzatayotgan yana bir Italiya klubi — «Roma».
Eslatib o‘tamiz, Endrik avvalroq «Milan»ning sobiq bosh murabbiyi Paulu Fonseka qo‘l ostida Fransiyaning «Lion» klubida ijara asosida o‘ynagan edi.
Hozirda braziliyalik futbolchi «Real»ga qaytgan, ammo yana murakkab vaziyatga tushib qoldi: Madrid klubi u bilan to‘liq xayrlashishni istamayapti, biroq Endrik asosiy tarkibdan joy olishga ham qiynalmoqda.













