Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Cheferin FIFAdan 211 ta federasiyaga zaxira mablag‘larining bir qismini taqsimlashni talab qildi

Cheferin FIFAdan 211 ta federasiyaga zaxira mablag‘larining bir qismini taqsimlashni talab qildi

Baho:
+ | -

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksander Cheferin Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinodan tashkilot to‘plagan zaxira mablag‘larining bir qismini uning 211 ta a’zo assosiasiyasiga yo‘naltirishni talab qildi. Mirror nashri ma’lumotiga ko‘ra, har bir federasiyaga 8,75 million yevrodan to‘lov ajratilishi mumkin.

«FIFA, albatta, moliyaviy jihatdan kuchli bo‘lib qolishi, amaldagi majburiyatlarini bajarishi va zarur miqdordagi zaxirani saqlab turishi kerak. Bizning tahlilimizda bularning barchasi to‘liq hisobga olingan.

Ammo hozirgi vaqtda FIFA to‘plangan zaxiralarida milliardlab dollar mablag‘ga ega. Bu resurslar futbolga tegishli va ular o‘yin hamda uning 211 ta assosiasiyasi manfaatiga xizmat qilish uchun mavjud», — deyiladi Cheferin bayonotida.

UEFA rahbari FIFAning prognoz qilinayotgan ehtiyojlaridan ortiq bo‘lgan zaxira mablag‘larining bir qismi futbolni rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.

Iyul oyida Infantino FIFA Forward Enterprise nomli kompaniya tashkil etishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Ushbu tuzilma FIFAning erkaklar va ayollar o‘rtasidagi asosiy musobaqalarini nazorat qilishi kerak edi.

FIFA ushbu loyiha 4,2 milliard dollar investisiya jalb qilishi mumkinligini bildirgan. Biroq tashabbus qator futbol tashkilotlari tomonidan tanqid qilindi.

56 yoshli Infantino 2016 yil fevral oyidan buyon FIFAga rahbarlik qilib kelmoqda. Keyinchalik u muqobil nomzodlarsiz yana ikki marta tashkilot prezidenti etib qayta saylangan.

Kiritildi: 08:30, 19.09.2026.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик