Angliya futboli faxriysi Jeyms Milner «Manchester Siti»da Mario Balotelli bilan birga o‘ynagan davrlarini esladi. Uning aytishicha, Balotellining eng kuchli jihatlaridan biri penalti tepishdagi sovuqqonligi bo‘lgan.
«U men ko‘rgan eng yaxshi penalti ijrochilaridan biri edi. Yillar davomida uning mashg‘ulotlarda biror marta penaltini aniq amalga oshira olmaganini ko‘rmaganman. U darvozabonning harakatlarini haqiqatan ham diqqat bilan kuzata boshlagan ilk futbolchilardan biri edi», — deya Milnerning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Mario Balotelli «Manchester Siti»dan tashqari Angliyada «Liverpul» safida ham to‘p surgan.













