"Barselona" vingeri Lamin Yamal La Ligada qaysi jamoalarning o‘yinini tomosha qilishni yoqtirishini aytdi.
"Menga "Betis"ning o‘yinlarini ko‘rish yoqadi. Shuningdek, "Vilyarreal" ham menga ma’qul. Premyer-ligada esa barcha jamoalarni kuzataman — Angliyadagi har qanday o‘yin men uchun qiziq. Ispaniyada esa "Betis" va "Vilyarreal"ni tanlayman", — dedi Yamal Xorxe Valdanoga bergan intervyusida.
"Betis" 15 ochko bilan La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi va faqat Madridning "Real" klubi hamda "Barselona"dan ortda qolmoqda.
"Vilyarreal" esa mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi va olti turdan keyin 5 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.
Bugun "Barselona" safarda "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi.













