«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Angliya Premyer-ligasida «Sanderlend»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Bu jamoa qanchalik kuchli ekanini yaxshi bilaman. Yakshanba kuni g‘alaba qozonish uchun juda yuqori darajada futbol ko‘rsatishimizga to‘g‘ri keladi, deb o‘ylayman. Ularning murabbiyi jamoani juda yaxshi tayyorlagan.
Ularning o‘yinlarini tomosha qilganimdan so‘ng, bu «Manchester Siti» uchun mavsum boshidan beri eng qiyin uchrashuv bo‘ladi, degan taassurotga keldim», — dedi Mareska matbuot anjumanida.
Angliya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» — «Sanderlend» uchrashuvi 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.













