Angliya Premyer-ligasining 5-turi doirasida Londonning «Chelsi» klubi «Brentford»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. «Ko‘klar» raqibidan javobsiz uchta gol o‘tkazib yubordi — 0:3.
Bu «Chelsi»ning 2026 yil davomida APLdagi 11-mag‘lubiyati bo‘ldi. Shu tariqa, londonliklar joriy yilning o‘zidayoq Premyer-ligada butun 2025 yil davomida qayd etgan mag‘lubiyatlari sonidan ko‘proq yutqazishga ulgurdi.
«Chelsi» Angliya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusdan so‘ng, 10 oktyabr kuni «Bornmut»ga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» so‘nggi bor 2017 yilda Angliya chempioni bo‘lgan. O‘sha paytda jamoani Antonio Konte boshqargan.













