«Arsenal» va «Manchester Yunayted» «Bayer» yarim himoyachisi Ibragim Mazaga qiziqish bildirmoqda. 20 yoshli futbolchi Bundesligadagi o‘yinlari bilan Yevropaning bir qator klublari e’tiborini tortgan.
Goal ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» va «Manchester Yunayted»dan tashqari, jazoirlik futbolchiga «Manchester Siti» va «Atletiko» ham qiziqish bildirmoqda. Ushbu klublar vakillari futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha vaziyatni kuzatib borish maqsadida uning atrofidagi shaxslar bilan aloqada bo‘lib turibdi.
Maza 2025 yil yozida «Gerta»dan «Bayer»ga o‘tgan edi. Leverkuzen klubi yarim himoyachini 70 million yevroga baholamoqda.
Futbolchining «Bayer» bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. Shu sabab klub uni sotishga shoshilmayapti.
Maza asosan hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi, ammo markaziy yarim himoya va qanotlarda ham harakat qila oladi.
20 yoshli futbolchi Jazoir terma jamoasi safida 21 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan.













