Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Aguero: «Fabregasni hali katta klubda ko‘ramiz»

Aguero: «Fabregasni hali katta klubda ko‘ramiz»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero «Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregasning ishiga baho berdi.

«U «Komo»da juda yaxshi ishlayapti. Uning o‘yin uslubi «Barselona»nikiga juda o‘xshaydi. Fabregas Xosep Gvardiola qo‘l ostida ko‘p vaqt o‘tkazgan va kuchli murabbiylar bilan ishlagan.

Menimcha, u «Arsenal»da ham, boshqa istalgan klubda ham muvaffaqiyatli ishlay oladi. Ishonchim komilki, bir kun kelib uni katta jamoalardan birida ko‘ramiz», — deya Agueroning so‘zlarini Stake Football keltirdi.

Avvalroq Fabregas «Real», «Barselona», «Arsenal» va yana bir qator klublar qiziqish doirasida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Komo» o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Joriy A Seriya mavsumida esa Fabregas shogirdlari to‘rt turdan keyin 10 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:41, 19.09.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик