«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Italiya chempionati doirasidagi «Roma» va «Inter» o‘rtasidagi bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu hozirda Italiyaning eng kuchli ikki jamoasi. Bu ajoyib o‘yin bo‘ladi. «Roma» yaxshi himoyalanadi va hujum qiladi, «Inter» esa — bu «Inter». Men bu o‘yinni shunchaki futbolni yaxshi ko‘rganim uchun tomosha qilaman, ular bizning raqiblarimiz bo‘lgani uchun emas», — dedi Fabregas matbuot anjumanida.
Italiya A Seriyasining beshinchi turidan o‘rin olgan «Roma» – «Inter» uchrashuvi shanba, 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













