Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Valensiya» Xavyer Agirre bilan kelishuvga erishdi

«Valensiya» Xavyer Agirre bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Marca ma’lumotiga ko‘ra, «Valensiya» Xavyer Agirreni jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Meksika terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, kutilmagan o‘zgarish bo‘lmasa, kelasi hafta xalqaro tanaffus paytida jamoani qabul qilib olishi kutilmoqda.

Ayni paytda tomonlar shartnomaning so‘nggi tafsilotlarini kelishib olishi kerak. Hujjat hali imzolanmagan.

«Valensiya» Agirrega bir yillik shartnoma taklif qilgan. Kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati esa sport natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Klub oldiga qo‘yiladigan vazifalar faqat La Ligada jon saqlab qolish bilan cheklanmaydi.

Hozirda vaqtinchalik bosh murabbiy Oskar Sanches boshqarayotgan «Valensiya» og‘ir vaziyatda. Jamoa La Liga turnir jadvalida oxiridan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 16:41, 19.09.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик