UFC sobiq chempioni Xamzat Chimayev jarohatlari bilan bog‘liq hozirgi vaziyati va janglarga tayyorligi haqida so‘zlab berdi.
«Jarohatlarni davolab olish yaxshiroq bo‘lardi, ammo hozir jang qilgim kelyapti. Shu sababli imkon qadar tezroq jang olmoqchiman. Bunchalik jiddiy jarohatlar emas, lekin ularni davolash uchun bir yoki ikki oy davomida sparringlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Bu qo‘llarim bilan bog‘liq — men kuchli zarba beraman, shuning uchun qo‘llarimda doim muammolar yuzaga keladi. Yana tizzamda ham kichik muammo bor — shu bilan tamom. Bu ko‘p vaqt olmaydi», — dedi Chimayev.
Xamzat Chimayev oxirgi marta 2026 yilning may oyida oktagonga ko‘tarilgan va UFC 328 turnirida Shon Striklendga hakamlarning bo‘lingan qarori bilan mag‘lub bo‘lgan edi.













