Fernando Torres "Oltin to‘p" uchun kurash haqida fikr bildirdi.
Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi individual sovrin uchun kurashni deyarli kuzatmasligini tan oldi, biroq uning fikricha, ushbu mukofotga munosib bo‘lgan bir nechta ispaniyalik futbolchini sanab o‘tdi.
"Rostini aytsam, bu mavzu meni unchalik qiziqtirmaydi. Ispaniya jahon chempioni bo‘ldi, shunday emasmi? Biz eng yaxshi jamoa edik. Individual sovrinlar esa Jahon chempionatining o‘zidayoq topshirildi.
Hozir qanday mezonlar asosida baholanayotganini ham bilmayman, chunki ular doim o‘zgarib turadi. Ammo bizda Lamin, Fabian, Rodri, Pedri, Baena bor. Yana qanchasini sanash mumkin? Ular bu sovringa munosib", — dedi Torres.













