Italiyalik himoyachi Matteo Darmian mavsumni shartnomasiz boshlash u uchun juda g‘ayrioddiy holat ekanini tan oldi. "Torino", "Inter" va "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi ayni paytda klubsiz qolgan va bu vaziyatni o‘zi uchun g‘alati deb baholadi.
"G‘alati his. Ilgari hech qachon shartnomam ham, jamoam ham bo‘lmagan holatga tushmaganman. Bularning barchasi men uchun yangilik. Hozir bolalarim bilan ko‘proq vaqt o‘tkazyapman, hatto ular bilan Madridga "Inter" o‘yinini tomosha qilish uchun ham bordim", — dedi Darmian derbyderbyderby.it nashriga.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida Darmian 37 yoshga to‘ladi. U avval Italiya terma jamoasiga ham jalb etilgan va milliy jamoa safida 24 ta uchrashuv o‘tkazgan.













