«Milan»ning sobiq hujumchisi Aleshandre Pato Angliyaning «Nortgempton Taun» klubiga egalik qildi.
Bu haqda avgust oyi boshida xabar berilgan edi. Bitimni Angliya futbol ligasi (EFL) orqali rasmiylashtirish uchun ma’lum vaqt talab etildi, ammo hozir barcha byurokratik jarayonlar yakunlangan.
«Kelishuvlar rasman yakunlanganidan mamnunmiz. Pato va investisiya guruhining boshqa vakillari “Nyuport”ga qarshi o‘yinda ishtirok etganida muxlislarning zavqi va hayajonini ko‘rdik», — dedi klub prezidenti Kelvin Tomas.













