«Atletiko» va «Real» o‘rtasidagi derbi oldidan «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyuga Diyego Simeonening bir necha yil avval aytgan gaplari eslatildi.
— Simeone haqida qanday fikrdasiz? U bir necha yil avval murabbiyni Chempionlar ligasida g‘alaba qozonmagani uchun baholamaslik kerakligini aytgan edi...
"Faoliyatim davomida juda ko‘p ahmoqona gaplar aytiladi. Orqaga nazar tashlasangiz, oramizda biror marta ham bema’ni gap aytmagan odam yo‘q.
Ba’zida bu lahza ta’sirida, ba’zida esa strategiya tufayli sodir bo‘ladi. Meni Simeone haqidagi hujjatli filmda ishtirok etishga taklif qilishganida, bir daqiqa ham ikkilanmadim. Biz raqibmiz, ammo ayni paytda yelkadoshmiz", — dedi Mourinyo.













