«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 5-turida «Brayton»ga qarshi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoasining xatolari haqida gapirdi.
«Ko‘p holatlarda to‘p uchun kurash teng kechdi, u bir jamoadan ikkinchisiga o‘tib turdi, ammo aksar vaziyatlarda ikkinchi to‘pni raqib egalladi. Ba’zi paytlarda biz texnik xatolarga yo‘l qo‘ydik va shu sabab o‘zimizni noqulay vaziyatga solib qo‘ydik. Ammo aynan shunday holatlardan saboq olishimiz kerak.
Bu birinchi autdanoq sezildi, hammasi juda aniq edi. Biz o‘zimizga o‘zimiz muammo yaratdik — bir marta, ikkinchi marta, uchinchi marta. Bunday vaziyatlardan ancha tezroq chiqib ketishimiz kerak edi.
Bu uchrashuvdan olishimiz kerak bo‘lgan eng muhim saboqlardan biri», — dedi Arteta.













