«Yuventus» jamoa darvozaboni Kamil Grabara mashg‘ulot paytida jarohat olganini ma’lum qildi.
Polshalik futbolchi o‘ng tizzasining old xochsimon payini shikastlagan.
Grabara turinliklar safiga «Volfsburg»dan ijara asosida kelib qo‘shilgan. «Yuventus»da uni 11,5 million yevroga sotib olish huquqi ham mavjud.
Darvozabon hozirgacha «Yuventus» safida bitta o‘yinda maydonga tushgan. U Yevropa ligasida NEKka qarshi 5:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda ishtirok etgan.













