Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Dortmundliklar tarixda to‘rtinchi bor shunday start qayd etdi

Dortmundliklar tarixda to‘rtinchi bor shunday start qayd etdi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi Germaniya chempionatida hali ochko yo‘qotmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Shanba kuni «asalarilar» safarda «Shtutgart»ni minimal hisobda mag‘lub etdi.

Bu «Borussiya»ning yangi mavsumdagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasi bo‘ldi. Klub o‘z tarixida atigi to‘rtinchi marta mavsumni to‘rtta ketma-ket g‘alaba bilan boshladi.

Avvalroq dortmundliklar bunday natijani 2001/2002, 2013/2014 va 2015/2016 yilgi mavsumlarda qayd etgan.

Germaniya chempionatining 5-turida «Borussiya» 10 oktyabr kuni Bremenning «Verder» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Dortmundliklar so‘nggi bor 2012 yilda Germaniya chempioni bo‘lgan.

Kiritildi: 08:12, 20.09.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик