«Liverpul»ning ispaniyalik yangi futbolchisi Viktor Munyos yangi jamoasidagi muhitdan mamnun ekanini va klub muxlislarining ishonchini qozonganini his qilayotganini aytdi.
«Bu yerda o‘tkazgan vaqtim hali unchalik ko‘p bo‘lmasa-da, meni chindan ham yaxshi ko‘rishlarini his qilyapman. Hamma menga juda yaxshi munosabatda bo‘lyapti va bu meni nihoyatda baxtli qiladi», — deya ispaniyalik futbolchi so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirmoqda.
Yakshanba kuni «Liverpul» APLning 5-turida «Bornmut»ga qarshi maydonga tushadi. Mersisaydliklar oldingi uchrashuvda «Fulxem» bilan durang o‘ynagan.
«Liverpul» so‘nggi bor 2025 yilda Angliya chempioni bo‘lgan.













