Esteban Lepol Fransiya milliy terma jamoasiga chaqiruv oldi va bu xabardan keyingi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. O‘tgan mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan «Renn» futbolchisining aytishicha, u avvalo otasini eslagan.
«Menimcha, uning futbolchilik faoliyati yakunlanayotgan paytda, ehtimol, u ham terma jamoaga chaqirilishi mumkin edi. Ota-onam menga istagan ishim bilan shug‘ullanish imkonini berishgan. Buning uchun ulardan juda minnatdorman», — deya Lepol so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Estebanning otasi Fabris Lepol 2020 yilda yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan. U futbolchilik faoliyati davomida «Oser» sharafini himoya qilgan va klub bilan Fransiya chempioni bo‘lgan.
Fabris Lepol avvalgi yo‘l-transport hodisasi oqibatlari sabab futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan edi. 2020 yildagi ikkinchi avariya esa uning hayotiga zomin bo‘ldi.













