"Nyukasl" bosh murabbiyi Mattias Yaysle Angliya chempionati 5-turida "Xall Siti" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.
"Biz "Lids"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin juda yaxshi javob qaytardik. Birinchi bo‘lim ajoyib o‘tdi, uchinchi golni urib, o‘yin taqdirini butunlay hal qilishimiz ham mumkin edi. Biz to‘liq ustunlik qildik, ammo ikkinchi bo‘lim oxiriga yaqin futbolchilar charchab qolgani sezildi. Shu bilan birga, bugun bizga to‘qqiz nafar futbolchi yetishmadi", — deya Yaysle so‘zlarini BBC keltirmoqda.
"Men jamoam bilan juda faxrlanaman. Uchrashuv yakunida vaziyat og‘irlashgan paytda futbolchilar qanday harakat qilgani uchun ularga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Hamma to‘liq diqqatini jamladi va uch ochko uchun oxirigacha kurashdi".
"Nyukasl" 8 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. 8 ochkoga ega "Xall Siti" esa bir pog‘ona pastda joylashgan.













