«Bavariya» yarim himoyachisi Lennart Karl «Chelsi»ning qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda Germaniya OAVlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, London klubi 18 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rmoqchi. Shu bilan birga, «Bavariya» o‘z iste’dodli futbolchisini 100 million yevro evaziga sotishga tayyor.
Qayd etilishicha, Karlni Yevropaning boshqa yetakchi klublari ham kuzatib bormoqda. Ular orasida «Barselona», «Real», «Liverpul» va «Manchester Siti» bor.













