«Chelsi» APL 5-turida «Brentford»ga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv «Brentford» foydasiga 3:0 hisobida yakunlandi.
Topskills Sports UK ma’lumotlariga ko‘ra, Xabi Alonsoning London klubidagi ishi bosim ostida emas. «Ko‘klar» jamoani to‘g‘ri yo‘lga qaytarish uchun unga zarur vaqt va qo‘llab-quvvatlovni taqdim etmoqda.
Qayd etilishicha, «Chelsi» bosh murabbiyga nisbatan sabr bilan yondashmoqda. «Ko‘klar» rahbariyati unga o‘z g‘oyalarini joriy etish, jamoani o‘z uslubi asosida shakllantirish va vaziyatni o‘zgartirish uchun yetarlicha vaqt berish kerak, deb hisoblamoqda.













