Kirish Ro'yxatdan o'tish

Spalletti ikki muhim futbolchidan bir vaqtning o‘zida foydalana oladi

Spalletti ikki muhim futbolchidan bir vaqtning o‘zida foydalana oladi

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Randal Kolo Muani va Nik Voltemadeni birga o‘ynatish mumkinligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Voltemade ikki hujumchi bilan o‘ynash sxemasida pastroq pozisiyada harakat qilishi, Kolo Muani esa qanotga yaqinroq joylashishi mumkin. Shu tariqa, har ikki futbolchining kuchli jihatlaridan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoni paydo bo‘ladi.

Spalletti Voltemadening sheriklari bilan yaxshi bog‘lana olishi, hujum uchun bo‘shliqlar yaratishi va havodagi kurashlarda samarali harakat qilishini ham qayd etdi.

«Kolo Muani va Voltemade birga o‘ynay oladi. Voltemade pastroqda harakat qilishi mumkin, Kolo Muani esa biroz chetroqqa chiqadi», — dedi Spalletti.

Kiritildi: 17:04, 20.09.2026.
O'qildi: 670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик