"Brayton" yarim himoyachisi Paskal Gross 35 yoshida Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Bu xabar u Angliya Premyer-ligasida "Arsenal" ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabadan keyin aytildi.
Gross Germaniya milliy jamoasida 32 yoshida debyut qilgan va terma safida jami 19 ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, u Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
"Men terma jamoadagi faoliyatimni allaqachon yakunlaganman. Men uchun hammasi Jahon chempionatidan keyin tugadi.
Menimcha, endi yangi avlodga barcha yaxshiliklarni tilash vaqti keldi", — dedi Gross.













