Arman Sarukyan UFC 331 turnirida Maurisio Ruffini mag‘lub etganidan so‘ng dekabr oyida navbatdagi jangini o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
«Menda hech qanday jarohat yo‘q. Bir hafta dam olishim kerak, shundan so‘ng mashg‘ulotlarni boshlayman. Dekabr oyining o‘rtasi yoki oxirida jang o‘tkazish yaxshi variant. U yerda yaxshi kard bo‘ladi. UFC aytgan paytda men tayyor bo‘laman», — dedi Sarukyan.













