«Krasnodar»ning sobiq futbolchisi Yuriy Gazinskiy jamoaning avvalgi sardori Eduard Spersyanning «Al-Ahli»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Spersyan yozda Saudiya klubiga ko‘chib o‘tgandi.
«Uning o‘yinlarini kuzatmayapman, chunki bu liga bahslarini muntazam ko‘rish imkonim yo‘q. Ammo Edikning ishlari yaxshi ketayotganidan juda xursandman.
Spersyan Rossiya Premyer-ligasida o‘zining yuqori saviyasini namoyish etgan. Saudiya chempionatining darajasi haqida esa aniq fikr ayta olmayman», — dedi Gazinskiy «Chempionat» nashriga.













