"Frozinone" Italiya A Seriyasi 5-turida o‘z maydonida "Komo"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar safida 14-daqiqada yarim himoyachi Jakomo Kalo hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada esa hujumchi Georgiy Kvernadze jamoasining ikkinchi golini urdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Frozinone" 10 ochko jamg‘arib, Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi.
"Komo" ham 10 ochkoga ega, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha oltinchi pog‘onada joylashgan.













