«Real»ning hujumdagi yetakchilari Vinisius Junior va Kilian Mbappening «Atletiko»ga qarshi Madrid derbisidagi omadsiz o‘yini statistikada ham yaqqol aks etdi.
«Real» safarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvda har ikki futbolchi ham gol ura olmadi va golli uzatma ham amalga oshirmadi.
Vinisius 54-daqiqada maydonni tark etguniga qadar darvozaga aniq zarba bermadi, gol urmadi, assist qayd etmadi, biror imkoniyat yoki kalit uzatma yarata olmadi.
Shuningdek, braziliyalik futbolchi to‘pni yetti marta nazoratdan chiqarib qo‘ydi.
Mbappe esa uchrashuvni to‘liq o‘tkazganiga qaramay, darvozaga aniq zarba bermadi, gol va assist qayd etmadi.
Fransiyalik hujumchi ham birorta golli vaziyat yoki kalit uzatma yarata olmadi. Ushbu statistikani «StatMuse» taqdim etdi.













