«Atletiko» muxlislari «Real» bilan derbi oldidan Xulian Alvares va Tibo Kurtuaga nisbatan norozilik bildirdi.
Uchrashuv boshlanishidan oldin «Metropolitano» tribunalari zaxirada qolgan Alvaresni hushtakbozlik bilan kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar hujumchisi yozda «Atletiko»ni tark etib, «Barselona»ga o‘tish istagi borligini bildirgan edi.
Bundan tashqari, mezbonlar muxlislari «Real» darvozaboni Kurtua to‘pga har bir teginganida unga hushtakbozlik ko‘rsatdi.
Belgiyalik darvozabon 2011–2014 yillarda «Atletiko» sharafini himoya qilgan.













