Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde «Atletiko»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
«Qaymoqranglilar» sardori tanaffus oldidan Li Kan Indan qattiq zarba qabul qilib oldi, ammo og‘riqqa qaramay uchrashuvni oxirigacha yetkazib qo‘ydi. Jurnalist Gilyermo Rai xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchining chap to‘pig‘idan olgan jarohatidan tiklanishi taxminan ikki-uch hafta vaqtni oladi. Shu tariqa, yarim himoyachi Urugvay terma jamoasining sentyabr oyida Yaponiya va Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadigan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
Madrid derbisi «qaymoqranglilar»ning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Barcha gollar mehmonlar himoyachisi Din Xyoysen chetlatilganidan so‘ng, ikkinchi bo‘limda urildi.













