Ispaniya milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar taqvimi ma’lum bo‘ldi.
"Qizil furiya" Millatlar ligasi A guruhining 3-guruhida Angliya, Xorvatiya va Chexiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ispaniya sentyabr oyida ikkita uchrashuv o‘tkazadi. 26 sentyabr kuni jamoa Angliya mehmoni bo‘ladi. 29 sentyabrda esa o‘z maydonida Xorvatiyani qabul qiladi.
Oktyabr oyida ham ispanlarni yana ikkita bahs kutib turibdi. 3 oktyabr kuni Chexiyaga qarshi uchrashuv o‘tkazilsa, 6 oktyabrda Ispaniya Xorvatiya mehmoni bo‘ladi.
Ispaniya terma jamoasining taqvimi:
26 sentyabr — Angliya — Ispaniya — 23:45
29 sentyabr — Ispaniya — Xorvatiya — 23:45
3 oktyabr — Ispaniya — Chexiya — 23:45
6 oktyabr — Xorvatiya — Ispaniya — 23:45













