"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya El Chiringuito jurnalistlari bilan suhbatda Madrid derbisi hamda kataloniyaliklarning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
Jurnalist undan "Real" va "Atletiko" o‘rtasidagi derbi haqida so‘raganida, futbolchi o‘yinni tomosha qilmaganini aytdi.
"Ko‘rmadim, o‘yinni ko‘rmadim", dedi Garsiya.
Jurnalist derbini umuman ko‘rmaganini aniqlashtirganida, u yana qisqa javob qaytardi:
"Yo‘q, ko‘rmadim".
Shuningdek, unga matbuot anjumanida uchrashuvning ayrim epizodlari ko‘rsatilgani aytildi.
"Hech narsa ko‘rganim yo‘q, shuning uchun bu haqda hech nima deya olmayman", dedi "Barselona" himoyachisi.
Suhbat yakunida Garsiya kataloniyaliklarning ayni paytdagi holati haqida ham gapirdi.
"Ha, biz ajoyib holatdamiz, rahmat. Juda ham ajoyib holatdamiz", dedi ispaniyalik futbolchi.













