Braziliya milliy terma jamoasi navbatdagi FIFA kunlari doirasida uchta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.
"Selesao" dastlab Avstraliya terma jamoasi bilan ikki marta kuch sinashadi. Birinchi bahs 25 sentyabr kuni, ikkinchi uchrashuv esa 29 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Har ikki o‘yin soat 15:00 da start oladi.
Shundan so‘ng Braziliya terma jamoasi 3 oktyabr kuni Hindistonga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv ham soat 15:00 ga belgilangan.
Braziliya terma jamoasining taqvimi (Toshkent vaqti bilan):
25 sentyabr — Avstraliya — Braziliya — 15:00
29 sentyabr — Avstraliya — Braziliya — 15:00
3 oktyabr — Hindiston — Braziliya — 15:00













