«Manchester Siti» va «Barselona»ning sobiq yulduzi Ilkay Gyundogan «Galatasaray» safida deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U mavsum boshidan buyon atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushib, jami 11 daqiqa harakat qildi.
Vaziyat shunday darajaga yetdiki, futbolchining rafiqasi Sara Arfaui ham bu borada ochiq fikr bildirdi.
«Mendan nega u o‘ynamayotganini so‘ramang. Buning javobini murabbiy aniq bilsa kerak. Biz bu yerda ekanimizdan xursandmiz va bu jamoani yaxshi ko‘ramiz. Shuning uchun meni yoki oilamni haqorat qilishdan ma’no yo‘q.
Gap pulda emas, aksincha. Ilkay bu yerga o‘tish uchun maoshi kamayishiga ham rozi bo‘lgan», — deya Sara Arfauining so‘zlarini Fanatik keltiradi.
Avvalroq «Galatasaray» «Trabzonspor»ga 0:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragan edi.













